Ijtimoy tarmoqlarda kulvor ilonni tiriklay yegan fuqaro haqida tarqalgan videlavha bo‘yicha yuzasidan Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi Zomin tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida ushbu holat fuqaro Q.H. tomonidan sodir etilganligi ma’lum boʻldi.
Fuqaro bu harakati bilan O‘zbekiston Respublikasining "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi Qonunining 4,30,51,53-moddalari talablarini buzgan.
Davlat inspektorlari tomonidan fuqaroga nisbatan MJtKning 90-modda 1-qismi bilan BHMning 20 baravari (7,5 mln.) miqdorida jarima qollanilldi.
Shuningdek, 1 125 000 so‘m miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31400 | Инструменты