Huawei 1
Jizzaxda magistral yo‘lda tirbandlik yuzaga keldi

Bugun, 27-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Jizzax — Toshkent yo‘lida, Jizzax dovonidan tushishda yuqori kuchlanishli sim uzilib, yo‘lni to‘sib qolgan, har ikki tomon “megaprobka” mazmunida xabar tarqaldi.

Ushbu xabar yuzasidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati izoh berdi.

"Aslida bu elektr uzatish havo tarmog‘i kuchlanish ostida bo‘lmagan, texnik muhandislik nomi “Zafarobod-1” va “Zafarobod-2” bo‘lgan yangi qurilgan tarmoq bo‘lib, Yo‘l harakati xavfsizligi mutaxassislari ishtirokida aloqa kabelini (optik tolali kabel va yashinqaytargich simlari) o‘tkazish ishlari bajarilgan paytda suratga olingan.

Aloqa kabelini tortish ishlari bugun soat 10:30 da boshlangan bo‘lib, 12:30 da to‘liq yakunlangan va magistral yo‘lda tirbandlik paydo bo‘lmasligi uchun har 15 daqiqada yo‘l ochilib, avtotransport harakati mas’ul xodimlar tomonidan boshqarilib, tartibga olib turilgan.

Aholimiz vakillaridan yolg‘on va vahima uyg‘otuvchi bu kabi asossiz xabarlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz", - deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90808 | Инструменты