Huawei 1
Jizzaxda o‘zganing nomiga 20 mln so‘m "onlayn kredit" rasmiylashtirgan shaxs qo‘lga olindi

Jizzax viloyatida yashovchi ayol M.S. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 20 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari nomaʼlum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini maʼlum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Jizzax viloyatida yashovchi R.A. sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, gumonlanuvchi R.A., jabrlanuvchi ayol M.S.ga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini "Bank operatori" sifatida tanishtirib, “SMS” xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali shaxsiy maʼlumotlarini qo‘lga kiritgan va uning nomidan mobil ilova orqali ro‘yxatdan o‘tib, onlayn tarzda 20 mln. so‘m onlayn kredit rasmiylashtirgan va o‘sha vaqtning o‘zida mazkur pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan.

Mazkur holat yuzasidan R.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91904 | Инструменты