Jizzax shahrida savdo do‘koniga kelib urilgan Tracker haydovchisi vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB.
Qayd etilishicha, holat 24 aprel kuni soat 06:08 atrofida Jizzaxlik mahallasi hududida sodir bo‘lgan.
39 yoshli Tracker haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, ko‘p qavatli uy birinchi qavatidagi savdo do‘konining kirish joyiga kelib urilgan.
Oqibatda u o‘ta og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. Biroq ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan haydovchi vafot etgan.
Holat yuzasidan Jizzax shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 43001 | Инструменты