Huawei 1
Jizzaxda soqol qo‘ygan 22 yoshli fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 184-4-moddasining dispozitsiyasi – "jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to‘sgan holda bo‘lish" – ichki ishlar va sud organlari tomonidan soqol qo‘ygan fuqaroga nisbatan ham qo‘llanmoqda.

Sud hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, 2024 yil 29 may kuni “diniy muhitni sog‘lomlashtirish” bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirda, Jizzax shahridagi “Ko‘k bozor” hududida “shaxsni identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan ko‘rinishda soqol o‘stirib yurgan” 22 yoshli fuqaro aniqlangan.

Joriy yil 13 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining ochiq sud majlisida sudya S.Rasulov – fuqaroni aybdor deb topib, soqol o‘stirib yurishni MJtKning 184-4-moddasi bilan to‘g‘ri malakalangan deb hisoblagan.

Sud qaroriga ko‘ra, fuqaro S.T. MJtKning 184-4-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilgan va shu modda bilan BHMning besh baravari miqdorida (1,7 mln so‘m) jarimaga tortilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91302 | Инструменты