Jizzaxda"Neksiya" va yuk mashinasi to'qnashib ketishi oqibatida 2 kishi vafot etdi
Jizzaxda kecha, 15 iyun kuni «Nexia» va yuk mashinasi o‘rtasida yo‘l-transport xodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 15 iyun kuni soat 18:20 larda, Jizzax shahar hududidan o‘tgan 4R-36 avtomobil yo‘lining 40-kilometrida haydovchi, 1995 yilda tug‘ilgan E.Q. boshqaruvidagi "Neksiya" rusumli yengil avtomobil hamda haydovchi, 1974 yilda tug‘ilgan D.E. boshqaruvida bo‘lgan "SHACMAN" rusumli yuk avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Natijada, "Neksiya" rusumli avtomobil haydovchisi E.Q. va ushbu avtomobil yo‘lovchisi, 1987 yilda tug‘ilgan D.N. turli tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etishgan. Shuningdek, ushbu avtomobil yo‘lovchilari, 2010 yilda tug‘ilgan A.S. va 1994 yilda tug‘ilgan A.A.lar tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Jizzax shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты