Huawei 1
Jo'rabek Mirzamahmudov:  AES — dunyodagi eng xavfsiz texnologiyalardan biri

AES — dunyodagi eng xavfsiz texnologiyalardan biri, deya ta'kidladi energetika vaziri Jo'rabek Mirzamahmudov "Lolazor" podkastidagi suhbatda.

"Zamonaviy texnologiyalar nuqtayi nazaridan, atom energiyasi dunyodagi eng xavfsiz energiya manbalaridan biri hisoblanadi. Bunga Fukusima va Chernobildagi avariyalar davomida aniqlangan barcha jihat va omillar hisobga olingani sabab bo'ldi. 

Tashqi va ichki omillar ta'sirida bo'lsa ham, radiatsiya xavfi ehtimoli juda minimal darajaga tushirilgan. Matematik jihatdan, ehtimollar nazariyasiga ko'ra, avariya sodir bo'lgan taqdirda ham yetmish ikki soat davomida inson ishtirokisiz ishlashga qodir avtonom tizimlar mavjud. Elektr o'chirilsa, sovutish tizimi avtomatik tarzda ishga tushib, Chernobilga o'xshash reaktorlarda qo'llaniladigan erituvchi to'siqni ishga soladi. 

Ammo zamonaviy reaktorlarda, hatto eritilish sodir bo'lsa ham, radiatsiya ajralishi ehtimoli sezilarli darajada pasaytirilgan. Ilgari aytib o'tganimdek, yetmish ikki soat davomida avtonom tizim falokatni oldini olishga qodir: u reaktorni sovutadi, eritilish jarayonini to'xtatadi va eritmaning xavfsizlik shishalanishini ta'minlaydi, potensial tahdidlarni bartaraf etadi", - deya ta'kidlagan Jo‘rabek Mirzamahmudov. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100616 | Инструменты