Turar joy sotib olish uchun harbiy xizmatchilar tomonidan ipoteka krediti olinishida turar joy qiymatining 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal tegishli idoralar tomonidan Davlat budjeti mablag‘lari va tegishli idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, Qurolli Kuchlarning harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari hamda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati tizimlarida kontrakt bo‘yicha kamida 5 yil xizmat qilgan va yangidan kontrakt tuzgan, turar joy bilan ta’minlanmagan yoki turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan xarbiylarga beriladi. Shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq davlat hisobiga turar joy bilan ta’minlanish yoki turar joy sharoitlarini yaxshilash huquqiga ega bo‘lgan, haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatilgan harbiy xizmatchilar uylar bilan ta’minlanadi.
Turar joy sotib olish uchun harbiy xizmatchilar tomonidan ipoteka krediti olinishida turar joy qiymatining 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal tegishli idoralar tomonidan Davlat budjeti mablag‘lari va tegishli idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga kiritiladi.
Shuningdek, sotib olinayotgan va qurilayotgan turar joy qiymati ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal to‘lanayotgan sanada belgilangan eng kam oylik ish haqining 2 000 baravaridan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Harbiy xizmatchi turar joy sotib olish uchun tegishli idoradan dastlabki badalni olish uchun turar joy komissiyasiga hujjatlar to‘plamini taqdim etadi. Turar joy komissiyasi o‘n kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganadi va ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligini tekshiradi.
Ipoteka krediti olgan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha harbiy xizmatdan bo‘shatilgan harbiy xizmatchilar, ba’zi toifadagi shaxslar bundan mustasno, tegishli idoralar tomonidan kiritilgan dastlabki badal summasini belgilangan tartibda qaytaradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40411 | Инструменты
Куп одамлар айтишича эртарок уйга эга булиш учун пора олиняпганини айтишяпти балки бу хатодир лекин нима учун чикмади шунга изох бериб ойдинлик киритсалариз
Meni turmush ôrtoğim harbiy 2008 yil shartnoma asosida Aisha qabul qilingan 2017 yil ipoteka uylar uchun hujjat topshirdik lekin haligacha uyimiz chiqmadi vaholanki biz yashash joyimizdan uzoqdaligimizni hisobga oak 15 gildan oshdi 5 yil bõldanlar ham uyda eva bõldi biz tushunmayapmiz men ham õqituvchiman tezroq 20 yoga qoldirmasdan tõlashga harakat qilmoqchimiz kings murojaat yuborish kerak
Milliy gvardiya xarbiy xizmatchilariga 2020 yil da imtiyozli iylar soni qacha qilb belgilab berilgan
Бу йилги уйлар руйхатини каердан олсам булади, Ман хам хужжатлар топширгандим, хизматимга йигирма Бир йил булади
Elmurodov Bahriddin Nuriddinovich
Shahxoddiy askar
Yangi uylar ni topshirdimi