Kapital bozorida investitsiya muhiti yaxshilanadi

“Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–254-son, 18.12.2025-y.) qabul qilindi.

2030-yilgacha ushbu Farmonning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

- zamonaviy moliyaviy instrumentlarni joriy etish orqali fond bozoriga 1 mlrd AQSH dollari, shu jumladan, 5 trln so'mlik korporativ obligasiyalar chiqarilishi hisobiga qo'shimcha investisiyalarni jalb qilishga erishish;

- kapital bozori ishtirokchilarining investisiyalari xavfsizligini kafolatlovchi mexanizmlarni joriy etish hisobiga bartaraf etiladigan huquqbuzarliklar ulushini 85 foizdan oshirish.

Farmonga ko'ra, 2023-yil 2-sentabrdagi PQ–291-son (https://lex.uz/docs/6590025) qarorga muvofiq kapital bozorida joriy etilgan “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi cheklanmagan muddatga amal qiladi.

Kapital bozorida Tartibga solish qumdoni doirasida quyidagi huquqlar beriladi, jumladan:

- O'zbekistonning rezidentlari bo'lgan yuridik shaxslar tomonidan Tartibga solish qumdoni ishtirokchisi maqomini olish;

- chet ellik ishtirokchilarga, O'zbekiston rezidentlari bo'lgan yuridik shaxslarga, shu jumladan, investisiya fondlariga ular tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli bo'lgan qimmatli qog'ozlarga nisbatan kastodial va nominal saqlash xizmatlarini ko'rsatish;

- emitentlarga qonun hujjatlarida belgilangan hollarda o'z kapitali miqdoridan ortiq bo'lgan korporativ obligatsiyalarni ta'minotsiz chiqarish.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122314 | Инструменты