Raqobat qo‘mitasi yangi yil arafasida savdo tarmoqlarini oziq-ovqat narxlarini barqaror saqlashga chaqirdi

Raqobat qo‘mitasi Yangi yil bayramida yirik chakana savdo tarmoqlarini narxlar barqarorligini ta‘minlashga chaqirdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Qo‘mita tomonidan keskin talab oshadigan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini barqaror ushlab turish uchun Korzinka, Makro, Havas, Baraka, Magnum, Assorti, b1 va Magnit savdo tarmoqlariga tegishli ko‘rsatmalar yuborildi.

Unga ko‘ra, riteylarga yetkazib beruvchilar tomonidan narxlarning o‘zgartirilishi, logistika xarajatlari va boshqa narxning oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar to‘g‘risida qo‘mitani tezkor xabardor qilib borishi kerak.

Shuningdek, ularga yetkazib beruvchilarni asossiz narx oshirish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ogohlantirib borish vazifasi yuklatildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122314 | Инструменты