Huawei 1
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi

Qonunchilik palatasi 29 aprel kungi majlisida to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyatiga oid qonun loyihasini birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qildi.

Loyihaga ko‘ra, antifrod chorasi sifatida ketma-ket uch yoki undan ortiq pul o‘tkazmalari nazorati avtomatlashtiriladi; bank kartalaridan foydalanishni hamda jismoniy shaxslar o‘rtasida katta miqdordagi pul o‘tkazmalarini qo‘shimcha biometrik va boshqa himoya choralarini qo‘llagan holda nazorat qilish mexanizmlari joriy etiladi.

“Katta miqdordagi o‘tkazmalar” deganda qancha miqdor haqida gap ketayotgani ma’lum emas.

Qonun loyihasida, shuningdek, banklarga to‘lov tizimi operatori sifatida faoliyatini boshlash uchun litsenziya olish talabini bekor qilib, xabardor etish tartibiga o‘tish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, muhim to‘lov tashkilotlari tushunchasi qonunchilikka kiritiladi. Bu toifadagi tashkilotlar tomonidan uzluksiz xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida ularning to‘lov tizimi ishtirokchisi bo‘lishi uchun huquqiy asos yaratilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50308 | Инструменты