Huawei 1
Kasb kasalligi tasdiqlangan bemorlar to‘liq davlat tomonidan himoyalanadi — Sanepidqo‘mita

Kasb kasalligi tasdiqlangan bemorlar to‘liq davlat tomonidan himoyalanadi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Maftuna Saidova ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O'zbekistonda kasb kasalliklarini oldini olish ikki yo‘nalishda olib borilmoqda. Ya’ni mehnat sharoitlarini muxofaza qilish va yaxshilash va tibbiy profilaktik yordam ko‘rsatish.

Sanitariya-gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti mutaxassislari tomonidan kasb kasalliklarini oldini olish, mehnat va davolash reabilitatsiyasi uchun 2021-2023-yillarda respublikaning ko‘plab ishlab chiqarish tashkilotlari ishchilarini profilaktik tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Jumladan, “Olmaliq Kon Metallurgiya Kombinati” AJ ga qarashli, Chodak kon boshqarmasi, Xondiza kon boshqarmasi, Chirchiq shahridagi Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish birlashmasi, Sherobod sement zavodi, Bektemir metal zavodi, Toshkent metal zavodi, Logistika xizmati tashkilotlari, OOO AKFA FOOD va boshqa tashkilotlarning 20 000 dan ortiq xodimlari davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Kasb kasalliklari klinikasi respublikadagi yagona ixtisoslashtirilgan klinika bo‘lib, 100 o‘ringa ega. Unda har yili respublikaning barcha hududlaridan 3 mingdan ortiq bemor davolanish va reabilitatsiyadan, 33 mingdan ortiq bemor esa ambulator sharoitida tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ular zararli va havfli omillar ta’sirida faoliyat olib borgan 80 dan ortiq asosiy ishlab chiqarish korxonalarining ishchilaridir.

So‘ngi bir yildagi o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar xulosalari asosida 9800 ta ishchi-xodimga (98%) ishga yaroqlilik ekspertiza xulosalari berildi, aniqlangan tashxislarga ko‘ra 42% tekshirilganlarga zarur davolash va sog‘lomlashtirish tadbirlari rejalashtirildi, 2% stasionar, 4% sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yuborish, 4116 ta ishchiga shifokor nazoratida bo‘lish, 290 ta ishchiga sog‘lig‘i xolatiga ko‘ra yengil yoki xavfli va zarali ishlab chiqarish omillarining ta’siridan holi bo‘lgan boshqa ishga vaqtincha o‘tkazish bo‘yicha  tavsiyalar berildi.

Qayd etilishicha, kasb kasalligi tasdiqlangan bemorlar Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti klinikasida dispanser nazoratida turadi. Ular davlat tomonidan himoyalangan bemorlar guruhiga kiradi va klinikada har yili bepul davolanish, tekshirish va reabilitatsiya huquqiga ega.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41000 | Инструменты