Huawei 1
9-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

O‘zbekistonda har oyning bitta shanba va yakshanbasi “oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish” kuni deb eʼlon qilinadi

Yoshlar o‘rtasidagi musobaqa g‘oliblariga “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasini sovg‘a qilish yo‘lga qo‘yiladi.

Oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxs talabiga ko‘ra nikohdan ajrashayotganda muhlat tayinlanmaydi

Oila kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda sud oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsning talabiga ko‘ra yarashish uchun muhlat tayinlamaydi.

Konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanadi

Qarorga muvofiq, 2025-yil 1-maydan davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladigan barcha konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanadi.

Ichki ishlar vaziri O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi etib saylandi

Ma’lumot o‘rnida, bunga qadar voleybol federatsiyasi rahbari lavozimida oldingi ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov faoliyat olib borgan.

Prezident sayyohlar Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryodan o‘tgan magistral va ichki yo‘llar ahvolidan noroziligini aytdi

Mutasaddilarga “turizm halqasi”ga kirgan yo‘llarni taʼmirlash bo‘yicha hisob-kitob qilib, ishlarni boshlash topshirildi.

Deputat olib qo‘yilgan yer uchastkalariga kompensatsiya to‘lash bo‘yicha Toshkent shahar hokimiga deputatlik so‘rovi yubordi

O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Shuhrat Sharofutdinov Toshkent shahar hokimiga deputatlik so‘rovi yubordi.

Toshkent yo‘lovchi vagonlari qurish zavodi Rossiya kompaniyasining ishonchli boshqaruviga topshirildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari”ning Toshkent yo‘lovchi vagonlari qurish zavodidagi ulushi yakuniy benefitsiari Rossiya kompaniyasi hisoblanadigan Transport Engineering Center nazoratiga o‘tdi.

OTB 2025 yilda O‘zbekiston YAIM 6,6 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda

Osiyo taraqqiyot banki o‘zining yillik hisobotida O‘zbekistonda 2025 va 2026 yillarda iqtisodiy o‘sishni 6,6 va 6,7 foiz darajasida prognoz qilmoqda.

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Parlamentlararo ittifoq tadbirida Zambiya vakili vafot etdi

Zambiya Milliy Assambleyasi kotibi Roy Mukoba Ngulube 7 aprel kuni Toshkentda xizmat safari chog‘ida qisqa muddatli kasallikdan so‘ng vafot etdi. Bu haqda xabar bergan Parlamentlararo ittifoq rasmiy sahifasida tashkilot raisi Tuliya Ekson va bosh kotibi Martin Chungong Zambiya xalqi va parlamentiga ushbu motam yuzasidan chuqur hamdardlik bildirgan.

ChatGPT ishlab chiquvchisi O‘zbekistonda soliq to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

Amerikaning OpenAI sun’iy intellekt kompaniyasi O‘zbekistonda QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.

O‘zbekistonda 1-maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 1 maydan 201 kVt/soatdan 500 kVt/soatgacha elektr energiyasiga 900 so‘mdan emas, 800 so‘mdan to‘lanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41805 | Инструменты