Huawei 1
Konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanadi

“Konsert-tomosha faoliyatida jonli ijroni yana-da rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” gi hukumat qarori (207-son, 08.04.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2025-yil 1-maydan:

- davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladigan barcha konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanadi;

- konsert-tomosha tadbirlari reklamalarida tegishlicha «Jonli ijro», «Fonogrammadan foydalangan holda jonli ovoz» yoki «Fonogrammali konsert dasturi» deb aniq ko‘rsatilishi lozim;

- Madaniyat vazirligi tomonidan ijodkorlarni «O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist» va «O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi» davlat mukofotlariga tavsiya etishda, birinchi navbatda, ularning jonli ijro eta olish qobiliyati inobatga olinadi.

2025-yil 1-iyuldan:

- jonli ijroda tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari bo‘yicha reklamalarni O‘zbekiston MTRK tizimidagi teleradiokanallarda efirga berish uchun tadbir tashkilotchisiga 30 foiz miqdorida chegirma beriladi;

- jonli ijroda va fonogrammadan qisman foydalanilgan holda tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari O‘zbekiston MTRK tizimidagi teleradiokanallarda tegishli teleradiokanal Badiiy kengashining ijobiy xulosasi asosida bepul efirga uzatiladi.

- har chorakda respublikaning barcha hududlarida «Jonli ijro haftaligi» o‘tkaziladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41804 | Инструменты