Vazirlar Mahkamasining 28.12.2024 yildagi "Kasbiy taʼlim tashkilotlari o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi VMQ-900-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Kasbiy taʼlim tashkilotlari o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
Nizomda, xususan, ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlari o‘rniga ishlab chiqarish amaliyotining yagona tizimi joriy etilishi belgilangan. Bunda ishlab chiqarish amaliyoti davomida o‘quvchilarga korxonalarning tajribali xodimlari ustoz sifatida biriktiriladi.
Shuningdek, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini ish beruvchilar va o‘quv muassasasi tomonidan baholashning qo‘shma tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 03.01.2025 yildan kuchga kirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10802 | Инструменты