Huawei 1
Kattalar va bolalar kuniga qancha meva-sabzavot isteʼmol qilishi kerak?

Semizlik — ko‘plab xavfli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi omil. Mutaxassislar ortiqcha vazn yuzaga kelishiga asosan nosog‘lom turmush tarzi, jumladan, noto‘g‘ri ovqatlanish sabab bo‘lishini taʼkidlaydi.

Bu borada Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining alohida tavsiyalari ham bor.  Unga ko‘ra, kundalik yog‘ isteʼmoli kattalar ratsionidan joy olgan mahsulotlar umumiy quvvatining 30 foizidan oshmasligi zarur. Xususan: 

10 foizgacha  — to‘yingan yog‘li kislotalar (yog‘li go‘sht, sut mahsulotlari, qatiq, sariyog‘ va boshqa turdagi yog‘lar);

1 foizgacha — sanoat yo‘li bilan ishlab chiqarilgan transyog‘lar va hayvon yog‘lari.

Qolaversa, shakar isteʼmolini cheklash ham sog‘lik uchun juda foydali. Bu mahsulotning kunlik meʼyorini 25-30 grammdan oshirmaslik (shirinlik va boshqa ozuqa mahsulotlari tarkibidagi ham hisobga olingan) tavsiya etiladi.

Uning o‘rniga sifatli uglevodlarni isteʼmol qilish foydali ekanligi qayd etilgan.

Har bir inson o‘z organizmi uchun zarur uglevodlarni, birinchi navbatda, don, sabzavot, meva va dukkakli mahsulotlardan olishi kerak. 

 Xususan, kattalar kuniga kamida 400 gramm meva-sabzavot tanovul qilishi maqsadga muvofiq. 

Bolalar va o‘smirlarning kunlik meva-sabzavotlar isteʼmoli esa quyidagi miqdorda bo‘lishi tavsiya etiladi:

  • 2-5 yosh — kamida 250 gramm;
  • 6-9 yosh — kamida 350 gramm;
  • 10 yosh va undan kattalar — kamida 400 gramm.

Eslatib o‘tamiz, JSST 2030 yilga borib, dunyo aholisining qariyb 45 foizi semizlikdan aziyat chekishini prognoz qilgan. Olimlar fikricha, bu global muammoga sog‘lom turmush tarzi orqali samarali yechim topish mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100317 | Инструменты