Huawei 1
Kelayotgan hafta boshi uchun ob-havo prognozi e'lon qildi

"O‘zgidromet" xizmati 24-26 fevral kunlari kutilayotgan ob-havo bo‘yicha ma’lumotni taqdim etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24-25 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi, 26 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-25 fevralda -3...-8, 26 fevralda -4...-9, kunduzi -3...+2 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qor) bo‘ladi, 25-26 fevralda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. 24-26 fevralda yog‘ingarchilik ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24 fevralda kechasi 0...+5, kunduzi +5...+10; 25 fevralda kechasi -2...+3, kunduzi 0...+5, 26 fevralda kechasi -2...-7, kunduzi -2...+3; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 24-25 fevralda -3...-8, 26 fevralda -4...-9, kunduzi -3...+2 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 25 fevralda yomg‘ir yog‘adi kechqurun ayrim joylarda qorga aylanadi, 26 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 24-26 fevralda yog‘ingarchilik ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda 15-20 m/s gacha kuchayishi,  ba’zi joylarda 23-25 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 24 fevralda kechasi +5...+10, kunduzi +12...+17, 25 fevralda kechasi +2...+7, kunduzi +8...+13, 26 fevralda kechasi -2...+3, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 25 fevralda yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon ayrim joylarda qorga aylanadi, 26 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi, 24-26 fevralda yog‘ingarchilik ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin . Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda 15-20 m/s gacha kuchayishi,  ba’zi joylarda 23-25 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 24 fevralda kechasi +5...+10, kunduzi +10...+15, 25 fevralda kechasi +2...+7, kunduzi +8...+13, 26 fevralda kechasi -2...+3, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24-25 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 26 fevralda 23-25 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 24 fevralda kechasi +2...+7, kunduzi +15...+20, 25 fevralda kechasi +2...+7, kunduzi +10...+15, 26 fevralda kechasi 0...+5, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 25-26 fevralda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. 24-26 fevralda yog‘ingarchilik ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24 fevralda kechasi 0...+5, kunduzi +7...+12, 25 fevralda kechasi 0...+5, kunduzi +3...+8, 26 fevralda kechasi va kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22221 | Инструменты