"O'zgidromet" xizmati O'zbekiston hududlari bo'ylab 23-25-yanvar kunlari kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 24 yanvarda kechasi va kunduzi 2-7° sovuq, 25 yanvarda kechasi 6-11° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 23 yanvarda yog’ingarchilik kutilmaydi. 24-25 yanvarda ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 24 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 25 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida 23 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 24 yanvarda kechasi va kunduzi 2-7° sovuq, 25 yanvarda kechasi 6-11° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 23-24 yanvarda yog’ingarchilik kutilmaydi, 25 yanvarda ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 24 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 25 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 23-24 yanvarda yog’ingarchilik kutilmaydi, 25 yanvarda ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 23-24 yanvarda 10-15° iliq, 25 yanvarda 2-7° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 23-24 yanvarda yog’ingarchilik kutilmaydi, 25 yanvarda ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-24 yanvarda 3° sovuq-2° iliq, 25 yanvarda 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 23-24 yanvarda yog’ingarchilik kutilmaydi, 25 yanvarda ba’zi joylarda qor yog’adi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 23-24 yanvarda 2-7° iliq, 25 yanvarda 0-5° sovuq bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20313 | Инструменты