Huawei 1
Kelgusi yilda 9 ta davlat bankiga chetdan 1 mlrd dollar kredit jalb qilib, 250 ming odamni daromadli qilish tavsiya qilindi

Prezident raisligida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qilingan ishlar sarhisobi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Unda davlat rahbari yangi imkoniyatlar va rejalarni belgilab berdi.

O‘tgan 6 yilda oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 750 ming aholi kreditini vaqtida qaytarib, daromadli biznesga ega bo‘ldi. Ulardan 58 mingi yangi korxona ham ochdi.

Endi banklar mana shunday sinovdan o‘tgan mijozlarini qo‘llab-quvvatlab, ularni kichik va o‘rta biznes darajasiga olib chiqishi kerakligi taʼkidlandi. Ularga “Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash” dasturi doirasida shartsiz 300 million so‘m kredit beriladi. Bu orqali kelgusi yillarda 1,5 million aholini ishli qilish mumkinligi taʼkidlandi.

Oilaviy tadbirkorlik dasturlariga kredit resurslari faqat davlat mablag‘laridan ajratilmoqda.

Xalq banki tashabbusi bilan Osiyo taraqqiyot bankining moliyaviy ommaboplik dasturi doirasida 50 million so‘mgacha ortiqcha hujjat va garovsiz kredit berilmoqda. Bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, Osiyo taraqqiyot banki dasturga 150 million dollar ajratishga tayyor.

Ushbu namuna asosida kelgusi yilda 9 ta davlat bankiga chetdan 1 milliard dollar kredit jalb qilib, 250 ming odamni daromadli qilish tavsiya qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121619 | Инструменты