O‘zbekiston bo‘yicha ob-havo keskin o‘zgarishi kutilmoqda, deya xabar berdi «O‘zgidromet» agentligi.
24–27 fevral kunlari respublika hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. Hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik kuzatiladi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi.
Yomg‘ir yog‘ib, 25–27 fevral kunlarida qorga aylanadi. Shimolda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ba’zi joylarda shamol tezligi 15–20 metr/soniyagacha, ba’zida 23–25 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.
26–27 fevral kunlariga borib havo harorati kechalari 0…–5 darajagacha, shimolda –6…–9 darajagacha, kunduz kunlari 0…+5 darajagacha pasayadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22223 | Инструменты