Huawei 1
Kiberxavfsizlik markazi fuqarolarni Mirziyoyev nomidan tarqatilayotgan xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan soxta va yolg‘on axborot tarqatilda. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati xabar qildi.

Firibgarlar tomonidan prezidentning videotasviriga sun’iy intellektga asoslangan dastur yordamida qayta ishlov berilib, soxta audioyozuv qo‘yilgan.

Unda go‘yoki firibgarlar jazosiz qolmasligini ta’kidlanib, brokerlarga aldanib qolgan fuqarolarga pullarini undirib berishni hisobga olib, yuridik xizmatlar yaratilgani aytilgan.

Kiberxavfsizlik markazining ma'lum qilishicha, ushbu xabarlar yolg‘on, feyk.

“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni haqqoniyligini aniqlash uchun ularning rasmiy manbalari orqali qayta tekshirib ko‘rishlaringizni tavsiya etamiz”, deyiladi xabarda.

Avvalroq ham Bosh vazir Abdulla Aripov nomidan soxta va yolg‘on axborot tarqatilib, firibgarlik qilinayotgani haqida xabar qilgan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51110 | Инструменты