Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov nomidan soxta va yolg‘on axborot tarqatib, firibgarlik qilinmoqda. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, firibgarlar tomonidan Bosh vazir Abdulla Aripov nomidan uning videotasviriga sun’iy intellektga asoslangan dastur yordamida qayta ishlov berilib, audioyozuvlarni soxtalashtirish yo‘li orqali Instagram va Facebook ijtimoiy tarmoqlarida “Law firm Justice” nomli firma orqali halol savdo yo‘lga qo‘yganligi ta’kidlanib, soxta va yolg‘on xabar tarqalmoqda.
Unda Internet foydalanuvchilariga tez fursat ichida mo‘may daromad olishni va’da qilinmoqda.
Kiberxavfsizlik markazining ma'lum qilishicha, ushbu xabarlar yolg‘on, feyk.
“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni haqqoniyligini aniqlash uchun ularning rasmiy manbalari orqali qayta tekshirib ko‘rishlaringizni tavsiya etamiz”, deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51206 | Инструменты