Huawei 2
"Kitoblarni pullik ijaraga berish Konstitutsiyaga zid, deb hisoblaymiz" — Rasul Kusherbayev

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev davlat umumta’lim maktablarida kitoblarni pullik ijaraga berish Konstitusiyaga zid ekanligni ta'kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida "Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi", deb belgilangan.

"Ushbu Konstitutsion norma talablaridan kelib chiqilsa davlat umumta’lim maktablarida ta’lim berish bilan bog‘liq barcha jarayonlar bepul hisoblanadi. Bunda darsliklar bilan o‘quvchilarni ta’minlash ham.

Shu bois, maktablarda darslik kitoblarni pullik ijaraga berish ham Konstitutsiyaga zid, deb hisoblaymiz.

Bu bizning nuqtai nazarimiz va uni to‘g‘ri, deb hisoblaymiz. Biroq bu boradagi yakuniy xulosani Konstitutsiyaviy sudimiz bildirganida yanada maqsadga muvofiq ish bo‘lardi", deydi Rasul Kusherbayev.

Avvalroq, 2022-2023-o‘quv yili uchun o‘rtacha bir dona darslik uchun ijara to‘lovi o‘tgan o‘quv yilidagi miqdor (2 740 so‘m)ga nisbatan 2 967 so‘mga ya'ni 108 foizga oshgani haqida xabar qilingandi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga