“Kitobxon talaba” Respublika tanlovining 2023-yilgi mavsum g‘oliblari aniqlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazida bo‘lib o‘tgan final bosqichida saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 5 nafar ishtirokchi o‘zaro 3 ta shart bo‘yicha bellashdilar.
Ishtirokchilar yakuniy bosqichda 100 ballik tizimga binoan, xolislik va shaffoflik asosida baholanib, g‘oliblar quyidagicha belgilandi.
1. Dildora Husanova — O‘zMU talabasi;
2. Muxlisa Ochilova — SamDU KF talabasi;
3. Mahliyo Xudoyberdiyeva — BuxDU talabasi;
Qo'shimcha 2 ta medal:
- Ozodbek Mamashukurov — NamDU talabasi;
- Diyorbek Jo‘ramirzayev — O‘zJOKU talabasi;
G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
- 1-oʻrin: 4 million so‘m va I darajali diplom;
- 2-oʻrin: 3 million so‘m va II darajali diplom;
- 3-oʻrin: 2 million so‘m va III darajali diplom.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51911 | Инструменты