Huawei 1
Ko‘payib ketayotgan plastik chiqindilar: ularning 9 foizigina qayta ishlanadi

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha yiliga 400 million tonna plastik mahsulotlar ishlab chiqariladi. Bu ko‘rsatkich 2050 yilga borib 2 barobar ortishi kutilmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, plastik chiqindilarning 40 foizi bir marta ishlatiladigan plastik mahsulotlardir. Dunyo miqyosida plastik mahsulotlarning atigi 9 foizi qayta ishlanadi xolos.  

O‘zbekistonda esa chiqindilarning morfologik tarkibi bo‘yicha 15 foizi plastik chiqindi (1,5 million tonna) hisoblanadi. Shundan 100 ming tonnasi, ya’ni 6,6 foizi qayta ishlanmoqda.  

Odatda bir marta ishlatiladigan polietilen paketlarning chirish muddati 20 yildan 500 yilgacha hisoblanadi.

2025 yilgi davlat dasturi loyihasida O‘zbekistonda plastik paketlardan foydalanishni cheklash bo‘yicha milliy dastur loyihasini ishlab chiqish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, 2027 yildan boshlab plastik paketlarni ishlab chiqish, olib kirish va ulardan foydalanishni taqiqlash hamda ekologik jihatdan zararsiz, bioparchalanuvchi paketlardan foydalanishni rag‘batlantirish nazarda tutilmoqda.  

Bundan tashqari, plastik qadoqlar ishlab chiqaruvchilarga o‘sha mahsulotlarni utilizatsiya qilish majburiyatlari yuklatilmoqda. Bu ko‘plab davlatlarda qo‘llanib kelinadigan amaliyot hisoblanadi.  

Shuningdek, dastur loyihasida chiqindilarni xosil bo‘lish me’yori, morfologik tarkibi va uglerod izini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va buning uchun 2 milliard so‘m mablag‘ ajratish masalasi ko‘zda tutilgan.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60322 | Инструменты