Komil Allamjonovga nisbatan suiqasdga oid jinoyat ishi doirasida 10 kishiga nisbatan sud hukmi o‘qildi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida fuqaro Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasdga oid jinoyat ishi doirasida 10 nafar shaxsga nisbatan sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi

Eʼlon qilingan sud hukmiga muvofiq Shuhrat Rasulovga 23 yil, Djavlan Yunusovga 18 yil 6 oy, Shoxrux Axmedovga 23 yil, Ismoil Jahongirovga 23 yil va Doniyor Tashxodjayevga 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Qolgan 5 nafar sudlanuvchiga qilmishiga muvofiq ravishda turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi.

Eslatib o'tamiz, 26-oktyabr tunda Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovga qurolli hujum uyushtirilgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40511 | Инструменты