Amaldagi Konstitutsiyaga ko‘ra, O‘zbekistonda hokimlar bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashlari raisi lavozimini egallaydi. 30-aprel kuni referendumga qo‘yiladigan yangi Konstitutsiya loyihasiga ko‘ra, bu vakolatlarni bir-biridan ajratish ko‘zda tutilmoqda, deb yozmoqda Gazeta.uz nashri.
Qayd etilishicha, Toshkent shahri va viloyatlarda bu jarayon 2024-yildan (mahalliy kengashlarga saylov natijalariga ko‘ra), tuman va shaharlarda esa 2026-yil 1-yanvardan boshlanishi mumkin.
Kengashga, qonun hujjatlariga muvofiq, uning o‘rinbosarlari orasidan saylanadigan rais boshchilik qiladi. Viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida kengash raisi lavozimini egallashi mumkin emas.
Ayni bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq kengash raisi lavozimida ishlay olmaydi. Xuddi shunday talab hokimlar uchun ham tatbiq etilgan.
Shu bilan bir paytda, hujjatda hokimlarning kengash deputati, keyin esa senator etib saylanishiga taqiq qo‘yilmagan. Hozirda deyarli barcha viloyatlar hokimlari senator hisoblanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50905 | Инструменты