Huawei 1
Ko'p kvartirali uylar yerto'lasidan foydalanganlik uchun ijara to'lovi “Mening uyim” billing tizimida to'lanadi

Hukumat qarori (17-son, 17.01.2025 y.) bilan “Ko'p kvartirali uyning yerto'lasidan foydalanish tartibi to'g'risida”gi nizomga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Unga ko'ra:

  • ko'p kvartirali uylarning yerto'lalari jismoniy va yuridik shaxslarga foydalanishga berilganda, ijara uchun to'lovlar hisobi “Mening uyim” billing tizimida yuritiladi;
  • ko'p kvartirali uyning yerto'lasini ijaraga berishda ko'p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka bo'lgan huquqlar ushbu joylar mulkdorlarining nomiga davlat ro'yxatidan o'tkaziladi.

Shuningdek, quyidagi ma'lumotlarning almashinuvi yo'lga qo'yiladi:

“UZCAD” va “Mening uyim” tizimlarini integratsiya qilgan holda, ko'p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarining nomiga davlat ro'yxatidan o'tkazilgan umumiy mol-mulk va har bir ko'p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkalari haqidagi ma'lumotlar;

Soliq qo'mitasining tegishli elektron tizimini “Mening uyim” billing tizimiga integratsiya qilish orqali boshqarish organlarining umumiy mol-mulkdan foydalanuvchilari bilan ijaraga yoki tekin foydalanishga berish to'g'risida tuzilgan shartnomalar bo'yicha ma'lumotlar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11817 | Инструменты