Huawei 1
Koreyadagi o‘zbekistonliklar ish joyini tashlab ketgani tufayli kafillardan 2 mlrd so‘m undirildi

Migratsiya agentligining maʼlum qilishicha, so‘nggi vaqtlarda Koreya Respublikasiga vaqtincha ishlash uchun borgan fuqarolar orasida o‘z ish joyini sababsiz tashlab ketish holatlari uchramoqda.

Bu esa O‘zbekistonga ajratiladigan ishchi kvotalar soniga jiddiy taʼsir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, O‘zbekistondan borgan ishchilarning imiji tushib ketishiga sabab bo‘lmoqda.

Shu bois, Koreyaga ishlash uchun borayotgan har bir yurtdoshimiz ketish oldidan uch tomonlama shartnomaga imzo chekmoqda. 

Shartnomada: “Agarda o‘z ish joyimni sababsiz tashlab ketib, nolegal faoliyat yuritadigan bo‘lsam, meni kafillikka olayotgan shaxs, yaʼni yaqin qarindoshimdan Koreyada nolegal yurgan har bir oyim uchun 2000 AQSH dollaridan (hozirgi vaqtda) jarima undirilishiga roziman”, deyiladi.

Jumladan, Koreyaga ishlash maqsadida ketgan va shartnoma shartlarini buzgan qashqadaryolik fuqaro M.A.ning kafilidan sud qaroriga asosan MIB 70 mln 392 ming so‘m undirgan.

2024 yilning o‘tgan davrida o‘z ish joyini sababsiz tashlab ketgan qariyb 80 nafar O‘zbekiston fuqarolarining kafillari tomonidan davlatga 2 mlrd 35 million so‘m jarima undirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121613 | Инструменты