Huawei 1
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: Aziz Voitov sudi jamoatchilik uchun ochiq tarzda o‘tkazilishi kerak

Shu kunlarda sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va boshqalarga oid jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilmoqda.

Sobiq vazir Jinoyat kodeksining 167-moddasining (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi a-bandi, v-bandi, 205-modda (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi a-bandi, 206-modda (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi a-bandi, 209-modda (mansab soxtakorligi) 2-qismi a-bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-son Farmoniga muvofiq, davlat xizmatchilarining kasbiy faoliyati bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga oid ishlar bo'yicha sud majlislari telekanallar, shuningdek, internet tarmog'i orqali jonli efirga uzatilishi lozimligi belgilangan.

Shunga asosan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur sud majlisi yuqoridagi Farmon talablari asosida jamoatchilik uchun ochiq tarzda o'tkazilishi maqsadga muvofiq ekanligini ma’lum qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91905 | Инструменты