Qonunchilikka ko‘ra kredit qarzdorligiga nisbatan kredit shartnomasida ko‘rsatilgan foizlar, pul majburiyatini bajarmaganlik uchun hisoblanadigan foiz va neustoyka hisoblanishi to‘xtatilmoqda. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Abidov ma’lum qildi.
Fuqarolik kodeksining 327-moddasi birinchi va ikkinchi qismlari hamda 734-moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar, shuningdek, neustoyka hisoblanishi to‘xtatiladi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, kredit tashkiloti kredit oluvchi tomonidan kreditni qaytarish intizomi buzilganda – shartnoma yoki qonunda ko‘rsatilgan holatlarda – kredit qarzdorligini muddatidan oldin undirishga haqlidir.
Kredit tashkiloti kredit qarzdorligi sud qarori bilan undirilgandan so‘ng ham kredit amalda qaytarilgungacha bo‘lgan davrlar uchun foiz va neustoyka undirish huquqiga ega bo‘lgan.
Yangi qonun normasi shu yil 27-fevralda qabul qilingan bo‘lsa-da, unda qonunning orqaga qaytish kuchi ham nazarda tutilgan. Gap shundaki, sud qarori bilan undirilgan asosiy kredit qarziga nisbatan foiz va neustoyka undirish 2024-yil 1-yanvaridan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq qilinadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122409 | Инструменты