Kuryerlik faoliyati xabardor qilish tartibi asosida yo‘lga qo‘yilishi mumkin — qonun loyihasi

“O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuniga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qonunga kiritilayotgan qo‘shimchalarga muvofiq pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatini boshlaganlik va tugatganlik haqida xabardor qilishning yagona tizimi belgilanadi. 

Jumladan, kuryerlik xizmatlarini ko‘rsatish (faoliyatni boshlash va tugatish) endilikda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga xabarnoma yuborish orqali amalga oshiriladi.

Vakolatli organni xabardor etmasdan bunday faoliyatni amalga oshirganlik uchun jarima kelib chiqadi. Xususan, yuqoridagi faoliyat bilan xabardor qilish tartibiga rioya qilinmay shug‘ullanilsa, BHMning 75 baravari miqdorida jarima solinadi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72711 | Инструменты