Ijtimoiy tarmoqlarda Boysun tumanida gaz sizib chiqishi bilan bog‘liq deb talqin qilinayotgan videolar tarqalmoqda.
Bu holat “M-25” konining 202-son qudug‘ida bir hafta oldin kuzatilgan geologik jarayon. Yaʼni, avvaldan yoqib qo‘yilgan olovning vaqtincha so‘nishi holati hisoblanadi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, bu holat kondagi geologik jarayon natijasida yuz bergan va qisqa vaqtda yana yoqib qo‘yilgan.
Ayni paytda Boysundagi “M-25” konida vaziyat barqaror bo‘lib, barcha jarayonlar mutaxassislar nazorati ostida amalga oshirilmoqda.
Avval xabar qilinganidek, havoga zararli moddalar tarqalishining oldini olish maqsadida gaz yoqib qo‘yilgan va bu usul atrof-muhit ifloslanishining oldini olishda qabul qilingan standart amaliyot hisoblanadi hamda xalqaro sanoat xavfsizligi talablariga to‘liq javob beradi, deyiladi rasmiy xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120110 | Инструменты