Nurafshon shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining hokim yordamchisi Toshkent shahrida yashovchi fuqaroni mansabdor tanishlari orqali Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yishini vaʼda qilib, o‘z “xizmati” evaziga 2 ming AQSH dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan hokim yordamchisi so‘ralgan pulni o‘zining tanishlari orqali olgan vaqtida ushlanib, uning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.
Taʼkidlash joizki, u muqaddam bir necha marotaba sudlangan bo‘lib, qilmishlaridan to‘g‘ri xulosa qilmagan ko‘rinadi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120109 | Инструменты