Huawei 1
“Magic city”ga kiraverishdagi butkada yongʻin sodir boʻldi

Bugun, soat 18:47 da Toshkent shahar, Chilonzor tumanida joylashgan "Magic city" bog‘i kirish darvozasi oldidagi butkada yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 18:48 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 18:49 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100700 | Инструменты