Huawei 1
Magistratura qishki qabuli natijalari nega kechikayotgani ma’lum qilindi

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda 2022/23-o‘quv yili uchun magistraturaning qishki qabuli natijalari qachon e’lon qilinishiga oid murojaatlar ko‘paydi. Rasmiylarga ko‘ra, muddat cho‘zilayotganiga sabab – qabul uchun topshirilgan sertifikatlarni tegishli tashkilotlar bazalaridan tekshirish “ma’lum vaqt talab etmoqda”.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, hozirda hujjatlarning asosiy qismi tekshirib bo‘lingan.

"Bu jarayon tez kunda yakuniga yetkaziladi va natijalar e’lon qilinadi", – deyiladi vazirlik izohida.

O‘zbekistonda magistraturaga kirish imtihonlari ilk bor yilda ikki marta o‘tkazilmoqda. 2022/23 o‘quv yili uchun magistraturaga qishki qabul 20-dekabrdan boshlanib, 10-yanvargacha davom etdi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin magistratura qishki qabulida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar sertifikati borlar hujjat topshirishi mumkinligi haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50905 | Инструменты