Huawei 1
Magistratura va PhD uchun o'zbekistonliklar ham qatnashishi mumkin bo'lgan Fransiya grantiga qabul boshlandi

Fransiyaning “Eyfel” stipendiyasi 2023-yil uchun magistratura va PhD darajasiga arizalar qabul qilmoqda.

Mazkur grantda qatnashish uchun nomzod Fransiyadagi oliy ta’lim muassasalaridan biriga hujjat topshirishi kerak. Nomzod stipendiya olish uchun arizani o'zi kirgan fransuz universitetidan oladi.

Grant dasturiga quyidagi mutaxassisliklar kiradi:

-biologiya va salomatlik;
-ekologik o‘tish;
-matematika va raqamli texnologiyalar;
-muhandislik fanlari;
-tarix, til va fransuz sivilizatsiyasi;
-huquq va siyosatshunoslik;
-iqtisodiyot va menejment.

Grantlar kurs davomiyligiga qarab 36 oydan va 12 oygacha beriladi.

Stipendiyani qo‘lga kiritganlar qanday imkoniyatlarga ega bo‘ladi?

Ushbu stipendiyani qo‘lga kiritgan talabalarga magistratura bosqichi uchun 1181 yevro, PhD uchun 1700 yevro miqdorida stipendiya ajratiladi. Shuningdek, yo‘l haqi, universitetda ro‘yxatdan o‘tish va ijtimoiy sug‘urta uchun to‘lovlardan ozod bo‘ladi. Bundan tashqari yotoqxona bilan ta’minlanib, ilmiy adabiyotlarni sotib olishga qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.

Nomzod qanday talablarga javob berishi kerak?

Nomzodlar magistratura uchun 25 yosh, PhD uchun 30 yoshdan oshmasligi kerak. Bunda akademik ko‘rsatkichlar inobatga olinadi.
Ariza namunalarini havola orqali olish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.
Arizalar 2023-yilning 10-yanvarigacha qabul qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90511 | Инструменты