Magistraturaga xujjat topshirganlar jami 5,2 mingtadan oshgan. Ulardan 4,5 mingtasi xalqaro sertifikatga ega

Joriy o‘quv yili uchun magistraturaga qabul kvotasi soni 16 933 ta, 10031 nafar talabgor hujjat topshirgan, shundan 5219ta ariza qabul qilindi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan magistraturaga qabul natijalari tasdiqlandi. Bu yil imtihonlar talabgorning xorijiy til sertifikati va o‘qish davomida to‘plagan o‘rtacha bali ko‘rsatkichi asosida bo‘lib o‘tdi. 

Kvotalar to'lmay qolgani uchun havotirlanishga o'rin yo'q. Sababi, yangi tartibga ko‘ra, bu yildan magistraturaga qabul bir yilda 2 marotaba amalga oshiriladi

O'tgan yili 768 nafar hujjat topshiruvchining xorijiy til sertifikati mavjud bo'lgan. Bu yil esa, ularning soni 4582 nafarni tashkil yetdi. 

Qayd etilishicha, 637 nafar talabgor tanlovda ishtirok etmaydigan turli imtiyozga ega. Shundan 296 tasi davlat stipendiantlari, 159 tasi kimyo, biologiya va informatika yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyoz sohiblari. 

12 tasi esa, kimyo, biologiya, fizika va informatika fan olimpiadalari g‘oliblari sanalishadi. 170 tasi esa, ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi a’lo baholarga o‘qigan bitiruvchilardir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты