“Majburiy davolash uchun mo'ljallangan narkologiya muassasalarida davolash jarayonini tashkil etish tartibi to'g'risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi (ro'yxat raqami: 3720-son, 06.12.2025-y.).
Mazkur Nizom narkologik kasallikka chalingan shaxslarni sud qarori asosida majburiy davolash uchun mo'ljallangan narkologiya muassasalarida davolash jarayonini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Bemorlar muassasaga qabul qilingan kundan e'tiboran 5 kunlik muddatda majburiy davolashning davomiyligi narkologiya muassasasining rahbari hamda 2 nafar narkolog shifokordan iborat bo'lgan tibbiy komissiya tomonidan belgilanadi.
Bunda narkologik bemorlarni majburiy davolash davomiyligi 18 oydan ko'p bo'lishi mumkin emas.
Bemorlar narkologiya muassasasidan quyidagi sabablarga ko'ra chiqariladi:
- majburiy davolash muddati tugagach va narkologik bemor sog'lig'ining klinik holatini hisobga olgan holda;
- majburiy davolashni o'tkazishga to'sqinlik qiladigan qo'shimcha og'ir kasalliklar aniqlanganda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120914 | Инструменты