Huawei 1
Endilikda maktab darsliklarining ijara to'lovlari doimiy ravishda bepul bo'ladi

Endilikda maktab darsliklarining ijara to'lovlari doimiy ravishda bepul bo'ladi va ayni damda buning mexanizmi ishlab chiqilishi bo'yicha davlat rahbari tomonidan topshiriq berilgan. Bu haqda xalq ta'limi vaziri o'rinbosari Temur Komilov xabar berdi.

«Davlat byudjeti to'g'risida»gi Qonunga ko'ra, kitob jamg'armasi byudjeti tasdiqlangan. Unga ko'ra, 2022-yilda kitob chop etish uchun 1,1 trln so'm ko'zda tutilgan. Shundan 605 mlrd so'm davlat byudjetidan yo'naltiriladi, qolgani Byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg'armasi mablag'lari hisobidan qoplanadi.

Qonunchilikka ko'ra, ushbu Jamg'arma mablag'lari ijara tushumlaridan shakllanishi belgilangan. Joriy yilda 500 mlrd so'm ijara tushumidan qoplanishi kerak edi.

Prezidentimizning inson qadrini ulug'lash, aholiga yengillik yaratishga qaratilgan ezgu g'oyalari asosida bu yil darsliklar bepul bo'ldi. Bu nima degani? Ya'ni, ijara tushumidan shakllanishi — ota-onalar to'lashi kerak bo'lgan 500 mlrd so'mga yaqin pul davlat byudjetidan to'lab beriladi», dedi Temur Komilov.

Xabaringiz bor 5-sentabr kuni videoselektor davomida prezident maktab darsliklari va mashq daftarlarini bepul ijaraga berishni tezkor yo'lga qo'yish yuzasidan topshiriq berdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga