Huawei 2
O’zbekistonda maktab darsliklari va mashq daftarlari bepul ijaraga beriladi

Maktab darsliklari va mashq daftarlarining ijara to'lovlari miqdorlari keskin oshirilishi munosabati bilan keng jamoatchilik, ota-onalar tomonidan bildirilgan e'tirozlar yuzasidan prezidentga axborot berildi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar berishicha, davlat rahbari Vazirlar Mahkamasi va Xalq ta'limi vazirligiga maktab darsliklari va mashq daftarlarini bepul ijaraga berishni tezkor yo'lga qo'yish yuzasidan topshiriq berdi.

Avvalroq maktab darsliklarining narxlari o'tgan yilgiga nisbatan 108% ga oshgani va Rasul Kusherbayev kitoblarni pullik ijaraga berish Konstitutsiyaga zid, deb hisoblashi haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga