"Maktab va bog‘chalar oldida tezlik 30 kilometrdan oshmasligi shart" — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yo‘llarda inson xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Yunusobodning Yunus-ota ko‘chasida 2020 yilda 4 ta avtohalokat sodir bo‘lgan bo‘lsa, 1 dona svetofor o‘rnatish orqali 2021 yilda birorta avariya bo‘lmagani, Kichik halqa yo‘lining Lak-bo‘yoq korxonasi qarshisida qarama-qarshi yo‘lni ajratuvchi to‘siq o‘rnatish orqali avariyalarga barham berilgani misol qilib keltirildi.

“Mana sizga ilmiy yondashuv va oddiy tahlil bilan yechim”, dedi davlat rahbari.

Shuningdek, poytaxt va yirik shaharlardagi markaziy ko‘chalarda tezlik cheklovlarini ilmiy asoslanib belgilash lozimligi qayd etildi. Jumladan, maktab va bog‘chalar oldida tezlik 30 kilometrdan oshmasligi shart. Ayrim gavjum ko‘chalarda esa hozirgi 70 kilometr soatdan 60 kilometrgacha tushirish zarurati borligi ko‘rsatib o‘tildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72711 | Инструменты