Huawei 1
Maktablarda "Huquqiy sinflar" tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining "Davlat ta’lim muassasalarida uzluksiz huquqiy ta’lim tizimini joriy etish, voyaga yetmaganlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi

2024-2025 o‘quv yilidan boshlab:

  • maktablarda "Huquqiy sinf" tashkil etish va huquqiy fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish orqali yuridik kadrlar tayyorlashda "maktab – litsey – texnikum – universitet" tizimi joriy etiladi;
  • Namangan va Samarqand viloyatlaridagi yuridik texnikumlar bazasida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylariga qabul boshlanadi.

"Huquqiy sinf"ni tashkil etishning asosiy vazifalari:

  • zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda "Davlat va huquq asoslari" fanini chuqurlashtirib o‘rganish;
  • "Huquqshunoslik" yo‘nalishi bo‘yicha variativ o‘quv rejalari asosida o‘quvchilarni ta’limning keyingi bosqichlarida samarali tahsil olishga tayyorlash;
  • huquqni muhofaza qilish faoliyati yuridik amaliyoti xodimlarini jalb etish orqali sinfdan tashqari ishlarni samarali tashkil etish;
  • o‘quvchilarni "Davlat va huquq asoslari" fani bo‘yicha maktab, tuman (shahar), viloyat va respublika olimpiadalari hamda boshqa tadbirlarda ishtirok etishga tayyorlash.

Maktablarda "Huquq" fani o‘qituvchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz oshirib borish va ularni Adliya vazirligining maxsus elektron platformasi orqali uslubiy ta’minlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida "Huquqshunos bilimdon" olimpiadasi va "Huquq" fani o‘qituvchilari o‘rtasida "Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi" tanlovi o‘tkaziladi.

Bunda, o‘quvchilarning huquqiy bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishiga qaratilgan ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalar, videoroliklar, kompyuter o‘yinlari va mobil ilovalardan foydalaniladi.

"Huquqiy sinf"ga "Davlat va huquq asoslari" faniga qiziqqan 8-sinf o‘quvchilari orasidan tanlab olinadi va maktab pedagogik kengashining tavsiyasiga asosan direktor buyrug‘i bilan o‘tkaziladi.

"Maktab – litsey – texnikum – OTM" uzluksiz ta’lim tizimi bo‘yicha akademik litseylarni muvaffaqiyatli tamomlagan (ikki yillik o‘qish davrida har o‘quv yilining yakuniy baholari "a’lo" va "yaxshi" bo‘lgan) bitiruvchilar 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab yuridik texnikumlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri (to‘lov-kontrakt asosida) testlarsiz qabul qilinadi.

Hujjat bilan yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda qonunga itoatkorlik ruhini tarbiyalash va jinoyatchilikka nisbatan murosasizlik chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100318 | Инструменты