Huawei 1
“Maktablarning ochilishi bilan bog'liq qanday ishlar amalga oshirilmoqda?”

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Rustam Ikromov aholidan tushayotgan muhim savollarga javob qaytarildi:

Maktablarning ochilishi bilan bog'liq qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Avvalambor maktablarning ochilishini ijobiy baholashimiz darkor. O'quvchilarning nafaqat bilim olishi, balki psixologik holati ham muhim jihat. Biroq maktablarning ochilishida e'tiborga olishimiz zarur bo'lgan tomonlari mavjud, jumladan:

- maktabga tashqaridan infeksiyaning kirishiga yo'l qo'ymaslik;

- o'qituvchilar/o'quvchilar va boshqa xodimlar orasida COVID-19 tarqalishining oldini olish choralarini ko'rish.

 Bu borada sanitariya me'yor va qoidalari ishlab chiqilgan va ayni kunlarda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishilmoqda.

Davlat maktabgacha ta'lim muassasalari ochiladimi?

Maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyati bilan bog'liq 0373-20 sonli “COVID 19 pandemiyasi davrida maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ish faoliyatiga qo'yiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigiyenik talablar” sanitariya me'yor va qoidalari ishlab chiqildi va 2020 yil 12 avgustda tasdiqlandi.

Ushbu qoidalarga muvofiq MTM faoliyatiga ruxsat etilgan kundan e'tiboran boshlashlari mumkin bo'ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101002 | Инструменты