Huawei 1
Malayziyaning eng yirik ko'chmas mulk kompaniyasi O'zbekistonga investitsiya kiritish imkoniyatlarini o'rganmoqda

O'zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "Berjaya Land Berhad" kompaniyasi bosh ijrochi direktori Sayid Ali Shaxul Xamid bilan uchrashuv o'tkazdi

Uchrashuv avvalida tomonlar bugungi kunda O'zbekistonda bunyodkorlik sohasi jadal sur'atlarda rivojlanayotganini urg'uladilar. Shuningdek, O'zbekistonda barpo etilayotgan Yangi Toshkent shahri, Samarqand va Buxoro shaharlarida bunyod etilayotgan yangi "aqlli" shaharlar kabi mega loyihalarda zamonaviy mehmonxonalar va dam olish maskanlari qurilishiga sarmoya kiritish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar.

Malayziya tomoni O'zbekistonda ko'chmas mulkni rivojlantirish, mehmonxona boshqaruvi yo'nalishlarida birgalikda loyihalarni amalga oshirish va mazkur sohalarga investitsiya kiritish imkoniyatlarini o'rganib chiqishga qiziqish bildirdi.

"Berjaya Land Berhad" kompaniyasi 1990-yilda tashkil etilgan. Uning asosiy faoliyati Malayziya hududida va xorijiy davlatlarda qurilish hamda ko'chmas mulkni rivojlantirish, ushbu sohalarga sarmoya kiritish, mehmonxonalar va dam olish maskanlari, shuningdek, o'yinlar va lotereyalarni boshqarish, avtomobil savdosidan iborat. Mazkur kompaniya Malayziyadagi "Berjaya Times Square" savdo va ko'ngilochar maskani, "Berjaya Tioman", "Berjaya Langkawi", "Redang Island" dam olish maskanlari, "Ritz-Carlton Residence" premium turar-joy majmuasi, "Berjaya Hills Golf & Country Club" golf maydoni, Yaponiyadagi "Four Seasons Hotel" va Vyetnamdagi "Sheraton Hanoi" besh yulduzli mehmonxonalariga egalik qiladi. Uning tarkibida 44 ta shu'ba korxona bor va ularda 5000 mingdan ortiq xodim mehnat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60715 | Инструменты