Huawei 1
Ma'muriy tartib-taomillar haqida nima bilasiz?

Mamlakatimizda maxsus “Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida” Qonun qabul qilingan.

Ma'muriy tartib-taomil – ma'muriy organlarning ma'muriy-huquqiy faoliyatini tartibga soluvchi protsessual qoidalardir.

Bunda ma'muriy organlar deyilganda ma'muriy-huquqiy faoliyat sohasida ma'muriy boshqaruv vakolati berilgan organlar, shu jumladan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, shuningdek ushbu faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo'lgan boshqa tashkilotlar va maxsus tuzilgan komissiyalar tushuniladi.

Maxsus ma'muriy tartib-taomillarni belgilovchi qonun hujjatlari jismoniy va yuridik shaxslarning holatini yomonlashtirmasligi kerak.

Ushbu Qonun ma'muriy organlarning manfaatdor shaxslarga nisbatan ma'muriy-huquqiy faoliyatiga, shu jumladan litsenziya, ruxsat berish, ro'yxatdan o'tkazish tartib-taomillariga, davlat xizmatlarini ko'rsatish bilan bog'liq boshqa tartib-taomillarga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma'muriy-huquqiy faoliyatga nisbatan tatbiq etiladi.

Mazkur Qonun jismoniy va yuridik shaxslar kundalik faoliyatida duch kelishi mumkin bo'lgan muhim hujjatlardan biridir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 80217 | Инструменты