Huawei 2
«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti ta’sis etildi

Mazkur «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti Davlatimiz rahbarining joriy yil 5 - iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini ko‘llab-kuvvatlash to‘g‘risida» gi Farmoniga muvofiq ta’sis etildi. U jamiyat hayotining turli sohalarida yuqori natijalarga erishib kelayotgan bilimli, tashabbuskor, ishbilarmon, shijoatli va fidoyi yigitlarni rag‘batlantirish maqsadida har yili «Yoshlar kuni» arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2 nafardan vakillariga topshirilishi belgilandi.

«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga, oliy o‘quv yurtlari talabalari yoki bakalavr darajasiga ega yoshlar esa magistratura boskichiga tegishli yo‘nalish bo‘yicha kirish imtihonlarisiz davlat grantlari asosida kabul kilinadilar.

«Mard o‘g‘lon» davlat mukofotiga talabgorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha Komissiya (keyingi o‘rinlarda - Komissiya) tomonidan ko‘rib chiqiladi. Uning natijalariga ko‘ra Komissiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritiladi.

«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi va eng kam oylik ish xakining 50 baravari miqdorida belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 - yil 21- noyabrdagi qarorining bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Q.Kuranbayev zimmasiga yuklandi.

Izohlar: 10
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • Akbarjon
    0
    Akbarjon 4 yil avval

    Men I.S.M.I 6-a sinif o'quvchisiman

  • Zuhriddin Alixanov
    2
    Zuhriddin Alixanov 5 yil avval

    Avvalom bor yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovichga rahmat. Bunday ajoyib davlat mukofoti hamma yoshlar uchun yuksaklarga intilish va o'z ustida ishlashni oshiradi.

  • Sobirjonov  Husan
    2
    Sobirjonov Husan 6 yil avval

    Biz yoshlar uchun shunday imtiyozlarni yaratib berayotgan prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevga rahmat aytamiz va ishonchlarini oqlashga harakat qilamiz.


Tepaga