Marhamat tumanidagi tibbiyot birlashmasining 4 nafar texnik xodimi halok bo‘ldi

Marhamat tumanidagi Markaziy poliklinika hududida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida tibbiyot birlashmasining 4 nafar texnik xodimi halok bo‘ldi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, hodisa 10-iyun kuni Marhamat tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli muassasa hududida xizmat vazifalarini bajarish jarayonida yuz bergan. Oqibatda texnik xodimlar I. Nishonov, M. Matxoliqov, Q. Mamajonov hamda L. Qosimov vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hodisaning kelib chiqish sabablari va unga sabab bo‘lgan omillar qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rganilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61115 | Инструменты