Markaziy Osiyo davlatlarida aholining etnik tarkibi ma’lum qilindi. Bu haqda “Central Asia” xabar berdi.
2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, Qozog‘iston aholisi 20 million 286 ming 84 kishini tashkil qildi.
2024 yil boshiga kelib (aholi 20 033 546 kishi) qozoqlarning aholi etnik tarkibidagi ulushi 70,98 foizga yetdi, bu 14,2 million kishini tashkil etdi.
Qozog‘istondagi boshqa yirik etnik guruhlar – nemislar aholining 1,12 foiz, tatarlar – 1,11 foiz, ozarbayjonlar – 0,76 foiz, koreyslar – 0,60 foiz, turklar – 0,45 foiz va dunganlar – 0,42 foizini tashkil qiladi.
Qirg‘izistonning doimiy aholisi 2024 yil 1 iyul holatiga ko‘ra 7 million 219 ming kishini tashkil qildi.
2022 yil boshida (aholisi 6,7 million kishi) qirg‘izlar 4,9 million kishini tashkil qilgan.
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, 37 million 543 ming kishini tashkil etdi.
2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, (aholi 34,6 million kishi) o‘zbeklar aholining 84,4 foizini yoki 29,2 million kishini tashkil etdi.
Tojikiston aholisi 2024 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, 10,2 million kishini tashkil etdi. 2010 yilgi aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra, (o‘sha yili aholi soni 7 mln kishi edi)
2022 yil dekabr holatiga ko‘ra, Turkmanistonda 7 057 841 kishi istiqomat qiladi. Aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada turkmanlar 86,7 foiz yoki 6,1 million kishini tashkil qilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20616 | Инструменты