Mehnat migratsiyasida vafot etgan shaxsning jasadini olib kelish xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi

O‘zbekistonda mehnat migratsiyasida vafot etgan shaxsning jasadini olib kelish xarajatlari Migratsiya jamg‘armasi tomonidan qoplanadi. Bu to‘g‘risida «Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida»gi qonunga 7 fevral kuni qo‘shimcha norma kiritildi.

Unga ko‘ra, mehnat migratsiyasida bo‘lgan davrda vafot etgan O‘zbekiston fuqarolarining jasadini olib kelishni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar endilikda Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Mablag‘lar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi orqali qonunchilikda belgilangan tartibda ajratiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21012 | Инструменты